AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda hamshira ish vaqtida mast ekani aniqlandi

'Qashqadaryoda hamshira ish vaqtida mast ekani aniqlandi'ning rasmi

Qashqadaryoda ish vaqtida spirtli ichimlik ta`sirida bo`lgan hamshiraga ”hayfsan” berildi. Bu haqda viloyat SSB xabar qilmoqda.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                               Ma`lum qilinishicha, G`uzor tumani tez tibbiy yordam stansiyasida ishlovchi hamshira Ozoda Nurmatova ijtimoiy tarmoq orqali e`lon qilingan murojaatida  Respublika tez tibbiy yordam markazining Qashqadaryo viloyati filiali ma`muriyati va kasaba uyushma qo`mitasiga o`zi ishlayotgan TTYo stansiyasi katta hamshirasi Eshquvvatova Nilufarning ustidan bir necha bor shikoyat qilgani, ammo unga nisbatan hech qanday chora ko`rilmaganini qayd etgan.

Aniqlanishicha, Nurmatova Ozoda Eshquvvatova Nilufar va boshqalarning ustidan bir necha bor murojaat qilgan. Mazkur murojaatlar tegishli tartibda o`rganilib, 2023 yil 27 noyabrda G`uzor TTYo stansiyasida ishlovchi stansiya rahbari Murodilla Jo`raev, Nilufar Eshquvvatovaga sustkashlikka yo`l qo`yganligi hamda Ozoda Nurmatovaning o`ziga ish vaqtida spirtli ichimlik iste`mol qilganligi (bu haqida u o`z tushuntirish xatida bayon qilgan) sababli “hayfsan” intizomiy jazosi qo`llanilgan.

Ozoda Nurmatova bundan to`g`ri xulosa chiqarmasdan ish vaqtida o`z ish joyini 2 marotaba ruxsatsiz tashlab ketganligi uchun 2024 yil 23 yanvarda unga o`rtacha ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi berilgan.

Shuningdek, bo`limda ishlaydigan xodimlar o`rtasida yuzaga kelgan nosog`lom muhitning oldini olmaganligi va boshqa bir necha kamchiliklarga yo`l qo`yganligi uchun bo`lim boshlig`i M.Jo`raevga ham xuddi shunday jazo qo`llanilgan.

Aniqlanishicha, Ozoda Nurmatova katta hamshira Nilufar Eshquvvatovaga chora ko`rilishini muntazam ravishda talab qilib kelishiga o`zaro kelishmovchilik sabab bo`lgan.

 

    Boshqa yangiliklar