Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy shahri markazidagi ko`p qavatli uylarning biriga mulkdor tomonidan lift o`rnatilayotganligi haqida murojaati bo`yicha, Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 29 yanvarida Navoiy shahri Navoiy ko`chasi 39 D-sonli ko`p kvartirali uy o`rganildi.
Unga ko`ra, ushbu binoning 10-qavati (pentxaus)da joylashgan 2 ta 46 va 47-xonadonlarni xarid qilgan mulkdor binoning tashqi yon fasad qismidan faqatgina o`zi foydalanishi uchun lift qurilmasi o`rnatilayotganligi aniqlandi.
Mulkdor inspeksiyaning lift qurilmasini o`rnatish yuzasidan asoslantiruvchi hujjatlar bo`yicha so`roviga tegishli tashkilotlar tomonidan imzolangan taklif loyihasini taqdim etgan.
Mulkdorga ko`p kvartirali uyning umumiy mulkidan foydalanish qoidalari, bunda aholi oldiga qo`yildigan talablar tushuntirilgan va joriy yilning 29 yanvar sanasida o`zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani bartaraf etish bo`yicha tegishli tartibda majburiy ko`rsatma berilgan.
Holat yuzasidan 2024 yil 1 fevral kuni Navoiy shahar prokuraturasiga tegishli hujjatlar taqdim qilingan.
Ma`lumot o`rnida ta`kidlash lozimki, O`zbekiston Respublikasining “Ko`p kvartirali uylarni boshqarish to`g`risida”gi Qonuniga ko`ra ko`p kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanch va to`siq konstruksiyalar, kvartiralar oralig`idagi ihotalangan (o`rama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning shaxtalari hamda boshqa shaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, erto`lalar, cherdaklar va tomlar, uy ichidagi muhandislik tarmoqlari hamda kommunikasiyalari, joylarning tashqarisida yoki ichida joylashgan va bittadan ortiq joyga xizmat ko`rsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boshqa uskuna va qurilmalar umumiy mol-mulkdir. Umumiy mol-mulk joylarning mulkdorlariga umumiy ulushli mulk huquqi asosida tegishli hisoblanadi






