Qishda havo haroratining me`yor va me`yordan 1-2 daraja pasayishi joylarda yana energetik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Muhrim A`zamxo`jaevga kelib tushayotgan murojaatlar vodiy viloyatlarida vaziyat og`irroq ekanligini ko`rsatgan. Metan gaz zapravkalari 10 kundan buyon ishlamayapti, ishlayotganilarida kishilarning umri navbatda o`tmoqda. Ur-yiqit, asabbuzarlik ko`paygan. Kishilar agressivlashmoqda. Namanganning markaziy tumanlarida issiqlik tizimlarida suv harorati pasayib ketgan. Yo`l haqi ko`tarilib ketgan.
Elektr uzilishlari bilan bog`liq holatlar respublika markaziy viloyatlarida ham kuzatila boshlagan.
"Bizda me`yoriy qishni o`zi ham energetik muammolarni kuchaytirib yuboradigan holatlar endi odatga aylanib qolmoqda. Energetika tizimimiz uchun issiq qish kerak. Odatiy qish ham emas", deya izoh qoldirmoqda gidrometeorolog E. Abdulahatov.






