AsosiyJamiyat

Ochiq tanlovlarning test sinovi bosqichida O`zbekiston Konstitusiyasidan savollar qo`shildi

'Ochiq tanlovlarning test sinovi bosqichida O`zbekiston Konstitusiyasidan savollar qo`shildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz orqali davlat fuqarolik xizmatidagi vakant lavozimlar bo`yicha tanlovlar o`tkazilib kelinmoqda. Bu haqda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Portal faoliyati xorijiy tajriba, nomzodlar va jamoatchilik takliflari asosida takomillashib bormoqda. 

Ayni damda ochiq tanlovlarning test bosqichi ishtirokchilari uchun test savollari to`plami:
- milliy qonunchilik;
- davlat tili;
- axborot kommunikasiya texnologiyalari;
- mantiqdan iborat. 

Endilikda Milliy qonunchilik tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidan savollar qo`shilganligini ma`lum qilamiz. 

Eslatib o`tamiz, davlat xizmatiga ishga kirishda Konstitusiyamiz bo`yicha imtihonlar o`tkazish tizimini amalda tatbiq etish zarurligi haqida Davlatimiz rahbarining O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni munosabati bilan mamlakat xalqiga yo`llagan bayram tabrigida ta`kidlab o`tilgan edi. 

 

    Boshqa yangiliklar