AsosiyJamiyat

Prezident hokimlarga 30 ming yoshlarni ingliz va nemis tiliga o`rgatib, ITga yo`naltirish bo`yicha amaliy ishlarni tezroq boshlashga ko`rsatma berdi

'Prezident hokimlarga 30 ming yoshlarni ingliz va nemis tiliga o`rgatib, ITga yo`naltirish bo`yicha amaliy ishlarni tezroq boshlashga ko`rsatma berdi'ning rasmi

Yig`ilishda raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida vazirlik va idoralar oldida turgan vazifalar belgilab olindi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hududlar va tarmoqlar rahbarlari raqamlashtirishda keskin o`zgarish qilishi shartligi ko`rsatib o`tildi. 

Masalan, hududlarda 53 ming nafar yoshlarimiz IT bilan mustaqil shug`ullanib, dasturiy mahsulot yaratayapti.

Ularning faoliyatini kengaytirishga turtki beradigan yaxlit tizim yaratish zarurligi ta`kidlandi.

IT park davlat bergan imtiyozni rezidentlarga taqdim qilish bilangina cheklanmay, mahalliy dasturchilarimizni xorijiy kompaniyalarga tanishtirish, ularga katta-katta buyurtmalar olib berishi shartligi ko`rsatib o`tildi.

Hokimlarga joriy yilda 30 ming yoshlarni ingliz va nemis tiliga o`rgatib, ITga yo`naltirish bo`yicha amaliy ishlarni tezroq boshlashga ko`rsatma berildi.
 

    Boshqa yangiliklar