Metropoliten faoliyatini takomillashtirish va xizmat ko`rsatish sifatini oshirish maqsadida er osti metro bekatlarida o`rnatilgan eskalatorlarning o`z xizmat muddatini o`tab bo`lganlarini bosqichma-bosqich ravishda yangilariga almashtirish rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar bermoqda.
Qayd etlishicha, ushbu rejaviy ishlarning birinchi bosqichida “Xalqlar do`stligi” metro bekatidagi eskalatorlarni zamonaviy turdagisiga almashtirish ishlari olib boriladi.
Shu boisdan, “Xalqlar do`stligi” metro bekatining ikkinchi vestibyuli (Tashkent city majmuasiga olib chiquvchi tomon) joriy yilning 10 fevral sanasidan boshlab, 20 mart sanasiga qadar yopiq bo`ladi. Shuningdek, yo`lovchilar uchun bekatning birinchi vestibyuli ("Xalqlar do`stligi" saroyiga olib chiquvchi tomon) odatiy rejimda ish faoliyatini olib boradi.