AsosiyJamiyat

Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan ozod qilindi

'Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan ozod qilindi'ning rasmi

Oliy sud Matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, 2024 yil 5 fevral kuni jinoyat ishlari bo`yicha Qarshi tuman sudida 6 yilga qamalgan bloger Otabek Sattoriyning sudga kiritgan iltimosnomasi ko`rib chiqilib, qanoatlantirilgan. 

Sudning ajrimi bilan Otabek Sattoriy 2024 yil fevral oyining 5 kuniga qadar o`talmay qolgan 2 yil 11 oy 25 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi Jinoyat kodeksining 74-moddasi (jazoni engilrog`i bilan almashtirish) 3-qismi “v” bandiga asosan axloq tuzatish ishi jazosiga almashtirilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi foydasiga undirilishi belgilandi.

Eslatib o`tamiz, bloger 2021 yilda tovlamachilik, tuhmat va haqorat qilish moddalari bilan ayblanib, 6,5 yilga qamalgan edi.

    Boshqa yangiliklar