AsosiyJamiyat

Yangi haftada yomg`irli ob-havo kuzatilishi aytildi

'Yangi haftada yomg`irli ob-havo kuzatilishi aytildi'ning rasmi

Ertaga O`zbekiston hududi bo`yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertaga kechga tomon ba`zi joylarda asosan jadalligi biroz bo`lgan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin, deb xabar beradi O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati agentligi.

Shuningdek, 7 fevral chorshanba kuni respublikaning ko`pchilik viloyatlarida asosan yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi.

Ish haftasining ikkinchi yarmida 8-9 fevral kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha yana quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida 8 fevralda kechasi va ertalab ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin.

Tog`li hududlarda 7-8 fevral kunlari qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

6-8 fevral kunlari shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba`zida 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5-7 fevral kunlari havo harorati asosan kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq, ba`zi joylarda 15 daraja iliqqacha bo`ladi. 8-9 fevralda kechalari 2-7 daraja iliq bo`ladi, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqqacha asta-sekin ko`tariladi.

Poytaxtimizda: bugun va ertaga yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, bugun kunduzi 9-11 daraja iliq, ertaga 13-15 daraja iliq bo`ladi.

7 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, 8 fevralda kechasi va ertalab yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. 9 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi.

Harorat 7-9 fevralda kechalari 3-6 daraja iliq, kunduzi 7 fevralda 7-9 daraja iliq bo`ladi, 8-9 fevralda 15-17 daraja iliqqacha asta-sekin ko`tariladi. 

    Boshqa yangiliklar