“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida va kechga tomon Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba`zida 25-27 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.






