AsosiyJamiyat

"Barchangizdan uzr so`rayman! Xayr jonajon shahrim!" Ohangaron shahar hokimi lavozimidan olindi

'"Barchangizdan uzr so`rayman! Xayr jonajon shahrim!" Ohangaron shahar hokimi lavozimidan olindi'ning rasmi

Ohangaron shahar hokimi Eshonqulov Akrom Jo`raevich lavozimidan olindi. Bu haqda uning o`zi ma`lum qildi.

"Sizlarga shuni ma`lum qilamanki, Ohangaron shahrida 2020 yil 4 iyun kunidan boshlangan faoliyatim 2024 yil 6 fevral kuni o`z yakuniga etdi.

O`tgan davr mobaynida Sizlar bilan o`tkazgan har bir daqiqam hayotim zarvaraqlarida o`chmas iz qoldirdi. Fursatdan foydalanib, Muhtaram Prezidentimizga shuncha muddat Sizlar bilan elkama-elka ishlash imkoniyatini berganidan cheksiz minnatdorman.

Ohangaron shahri mening ona shahrimdek yuragimdan joy oldi. Shahar ravnaqi yo`lida nimaga erishgan bo`lsam, barchasida Sizlarning mehnatingiz beqiyos.

Ish jarayonlarida birontangizni ranjitgan bo`lsam barchalaringizdan uzr so`rayman.

Xayr Ohangaron shahrim. Xayr jonajon shahrim", - deya yozib qoldirdi u. 

 

    Boshqa yangiliklar