AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana bir dori vositasidan bolalar nobud bo`layotgani rostmi?

'O`zbekistonda yana bir dori vositasidan bolalar nobud bo`layotgani rostmi?'ning rasmi

Ijtimiy tarmoqlarda Ukraina kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Antistrumіn-Darnisya” preparati surati ilova qilingan xabarda, mazkur dori vositasidan O`zbekistonda bolalar nobud bo`lganligi hamda ushbu preparatni qo`llamaslik to`g`risida noma`lum ayol kishiga tegishli audio tarqalmoqda.

Ushbu xabar yuzasidan "Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi izoh berdi

Qayd etilishicha, audioxabarga surati ilova qilingan Ukraina kompaniyasiga tegishli “Antistrumіn-Darnisya” dori vositasi O`zbekistonda davlat ro`yxatidan o`tkazilmagan bo`lib, tibbiyot amaliyotida qo`llanishiga ruxsat etilmagan.

"Shu o`rinda, Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi telegramda tarqalayotgan audio yuzasidan yurtoshlarimiz xavotirga tushmasliklarini, xabarda aytilayotgan ma`lumotlar xaqiqatga mutlaqo zid ekanligini ma`lum qiladi", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar