1

O`zbekistonning uchta hududida 10 mlrd.dan ziyod imtiyozli kredit mablag`larini talon-toroj qilindi

Jinoyat 07.02.2024, 14:06
O`zbekistonning uchta hududida 10 mlrd.dan ziyod imtiyozli kredit mablag`larini talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda “Z.T.” oilaviy korxonasi rahbari K.T. va boshqalar o`zaro til biriktirib, hududiy tijorat banki filialidan tikuv dastgohlari va mato sotib olish uchun ajratilgan 8 mlrd so`m kredit mablag`lari evaziga shartnomada ko`rsatilgan uskunalarni olib kelmasdan, ishlab chiqarish faoliyatini yo`lga qo`yilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, juda ko`p miqdordagi kredit mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.k.”, “G-M.” va “B.B.” MChJlar rahbari G.M. va boshqalar o`zaro til biriktirib, AT “Xalq banki” Kuygan-yor filialidan ushbu MChJlarga ajratilgan jami 2,2 mlrd so`m imtiyozli kredit mablag`lari hisobiga sotib olingan ishlab chiqarish dastgohlari va qishloq xo`jaligi texnikalarini kredit ta`minoti sifatida garovga qo`ymasdan, boshqa shaxslarga sotib yuborib, imtiyozli kredit mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Departamentning Kasbi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman hokimining “M.” MFY bo`yicha sobiq yordamchisi D.Z. va fuqaro A.Sh. o`zaro til biriktirib, 4 nafar fuqaro nomiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan jami 130,6 mln so`m imtiyozli kredit mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi (firibgarlik), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1