AsosiyJamiyat

Koreyadan ishlash istagidagilar uchun ertadan ro`yxatdan o`tish boshlanadi

'Koreyadan ishlash istagidagilar uchun ertadan ro`yxatdan o`tish boshlanadi'ning rasmi

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun ertadan ro`yxatdan o`tish boshlanmoqda. Bu haqida  Migrasiya agentligi xabar bermoqda.

Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, qishloq xo`jaligi va qurilish sohalarida ishlash istagidagi fuqarolar 2024 yil 8-14 fevral kunlari ariza to`ldirib, ushbu ariza raqami bilan Milliy bankning mobil ilovasi yordamida (bank shoxobchalariga bormasdan) 28$ to`lovni amalga oshirgan holda onlayn ro`yxatdan o`tishi mumkin.

 Ro`xatdan o`tish jarayoni 8 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:00da boshlanadi.

️Nomzodlar soni ishlab chiqarish sohasida 22 248 nafar, qishloq xo`jaligi sohasida 6 858 nafar, xizmat ko`rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida 5 403 nafar, qurilish sohasida 2 898 nafarga etganidan so`ng ro`yxatdan o`tish to`xtatiladi.

 

    Boshqa yangiliklar