Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudida xodimasiga shilqimlik qilgan telekanal bosh muharririga oid ish ko`rib chiqildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Toshkent shahar sudi matbuot kotibi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 27 yanvar kuni davlat telekanallaridan birining bosh muharriri xodima ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan, burchakka taqab, o`pmoqchi bo`lgan. Ayolning aytishicha, erkak ayolning ustozi bo`lgan va bunday holat ancha vaqtdan buyon davom etib kelgan. Shundan so`ng ayol IIBga murojaat qilgan.
Xodima ayol suddan erkakka nisbatan qonuniy chora ko`rishni va unga etkazilgan ma`naviy zararni undirib berishni so`radi. Bosh muharrir yuqorida ko`rsatib o`tilgan huquqbuzarlik harakatiga iqrorligini va qilgan ishidan pushaymonligini bildirdi.
Sud qarori bilan erkak MJtKning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilda va unga 3 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.






