Avval xabar qilinganidek, "Qamchiq" dovonida qalin qor yog`ishi oqibatida avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Ayni paytda FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, vazirlik tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan muhofaza tadbirlarini muvofiqlashtirib bordi. Amalga oshirilgan zaruriy tadbirlar natijasida joriy yilning, 8 fevral kuni soat 10:30 da "Qamchiq" dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.






