1

Meksika orqali Amerikaga ishga yuborishni va`da qilganlar ushlandi

Jinoyat 08.02.2024, 15:25
Meksika orqali Amerikaga ishga yuborishni va`da qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tuman bo`limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda fuqaro O.U. fuqaro F.B.ning ishonchiga kirib, uni go`yoki migrasiya agentligida ishlovchi tanishlari yordamida Meksika davlati orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda boshqa bir fuqaro N.M. fuqaro O.U.dan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1