AsosiyDunyo

KXDR Janubiy Koreya bilan kelishuvlarni bekor qilmoqchi

'KXDR Janubiy Koreya bilan kelishuvlarni bekor qilmoqchi'ning rasmi

Shimoliy Koreya Oliy xalq assambleyasi Janubiy Koreya bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha imzolangan barcha kelishuvlarni bekor qilish uchun ovoz berdi. Bu haqida Shimoliy Koreyaning rasmiy axborot agentligi ma`lum qildi, deya xabar qilmoqda Zamon.uz. 

Bekor qilinishi nazarda tutilgan kelishuvlar orasida Seul bilan iqtisodiy aloqalarni tartibga soluvchi qonunlar, jumladan, Kmgansan tog`i turizm loyihasi faoliyati to`g`risidagi maxsus qonun ham mavjud.

Sharqiy chegaradan shimolda joylashgan go`zal toqqa sayohatlar 2000 yillarning boshlarida ikki Koreya o`rtasidagi hamkorlik davrida boshlangan iqtisodiy hamkorlikning ramzi bo`lib, 2 millionga yaqin janubiy koreyaliklarni jalb qilgan.

    Boshqa yangiliklar