AsosiyDunyo

Rossiya prezidentligi uchun 4 nafar nomzod kurash olib boradi

'Rossiya prezidentligi uchun 4 nafar nomzod kurash olib boradi'ning rasmi

Rossiyada bo`lajak prezidentlik saylovlariga nomzodlarni ro`yxatga olish yakunlandi. 8 fevral kuni Rossiya Markaziy saylov komissiyasining yig`ilishi bo`lib o`tdi, uning yakuniga ko`ra oliy davlat lavozimiga nomzodlar ro`yxati nihoyat aniqlangan.

“Yig`ilish natijalariga ko`ra,  saylov byulletenida to`rtta nomzod bo`ladi”, — dedi Rossiya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova.

Shunday qilib, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro`yxatga olingan nomzodlarning nomlari ovoz berish byulletenlariga kiritiladi. Unga ko`ra, Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin, LDPRdan ko`rsatilgan Leonid Slutskiy, parlamentdan Nikolay Xaritonov, Rossiya Federasiyasi Kommunistik partiyasi va “Yangi xalq” partiyasidan Vladislav Davankov nomzod bo`lishgan.

Avvalroq, imzo to`plash bosqichida “Rossiya umumxalq ittifoqi” partiyasi rahbari Sergey Baburin, Rossiya erkinlik va adolat partiyasi nomzodi Andrey Bogdanov va Rossiya Demokratik partiyasi vakili Irina Sviridova saylovda qatnashishdan voz kechgan edi. 

Rossiya Federasiyasi prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 17 fevraldan boshlanadi, 15 mart kunigacha davom etadi. Federasiya Kengashi saylovlarni 17 martga belgilagan, Rossiya Federasiyasi Markaziy saylov komissiyasi esa ovoz berish uch kun: 15, 16 va 17 mart kunlari davom etishi haqida qaror qabul qilgan. Shunday qilib, bu Rossiya Federasiyasida birinchi uch kunlik prezidentlik saylovi bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar