AsosiyJamiyat

Yangi loyihalar uchun 10 yil muddatga 18 foizdan kredit ajratiladi

'Yangi loyihalar uchun 10 yil muddatga 18 foizdan kredit ajratiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bo`lib o`tayotgan qishloq xo`jaligi sohasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida 25 turdagi talab eng yuqori bo`lgan oziq-ovqat mahsulotlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkillashtirish muhimligi ta`kidlandi. Bu bo`yicha 7 trillion so`mlik 342 ta loyiha ishlab chiqilgan.

Kelgusi ikki yilda 5 ta xalqaro brendni jalb qilib, ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish topshirildi.

Shuningdek, Jahon bankidan jalb qilingan mablag`lar hisobidan yangi loyihalar uchun 10 yil muddatga, aylanma mablag` uchun 2 yilga milliy valyutada 18 foizdan kredit ajratiladi.

Mashhur brendlar buyurtmalarini bizning korxonalarga joylashtirish bilan shug`ullanadigan sorsing kompaniyalarni jalb qilish xarajatining 50 foizi qoplanadi. Bunda, har bir brendga 500 million so`mgacha subsidiya beriladi.

    Boshqa yangiliklar