AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" tezkor axborot bilan chiqdi

'"O`zgidromet" tezkor axborot bilan chiqdi'ning rasmi

Joriy yilning 16 fevral kuni O`zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-19 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda "O`zgidromet" rahbari xabar berdi.

16 fevralda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17-19 fevralda O`zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanadi) kuzatiladi, 17-18 fevralda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.

16-18 fevralda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

18-19 fevral kunlariga kelib, O`zbekiston hududi bo`yicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19 fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.

    Boshqa yangiliklar