1

“Yovvoyi atirgul” serialining aktrisasi Meksikada vafot etdi

Madaniyat 12.02.2024, 16:58
“Yovvoyi atirgul” serialining aktrisasi Meksikada vafot etdi

9 fevral kuni meksikalik aktrisa va qo`shiqchi Renata Floresning vafot etdi. 74 yoshlik aktrisa umrining so`nggi yillarida og`ir kasallik bilan kurashgani aytilmoqda. 

Ko`pgina o`zbek tomoshabinlari Floresni "Yovvoyi atirgul" serialidagi xizmatkor Leopoldina roli bilan eslashadi. Aytishlaricha, yulduzning o`limiga saraton kasalligi sabab bo`lgan.

Renata Flores 2013 yilda kutilmaganda kino sahnasidan g`oyib bo`ladi. 2020 yilda aktrisa uy-joysiz qolgani ma`lum bo`ldi. 

Bu xabar Meksika ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan va jamoatchilikning keskin reaksiyasiga sabab bo`lgan. Muhokamalar sabab Floresni qariyalar uyiga joylashtiriladi. Aktrisa hayotining so`nggi yillarini ushba maskanda o`tkazdi.

Renata Flores 1949 yilda Mexiko shahrida tug`ilgan. Shou-biznesdagi faoliyatini 1964 yilda rok-n-roll ijrochisi sifatida boshlagan. Oltmishinchi yillarning oxirida Renata filmlarda rol o`ynay boshladi.

Flores "Yovvoyi gul" teleserialidagi Linares saroyining katta xizmatkori rolidan keyin butun dunyo bo`ylab shuhrat qozondi. Ko`p qismli film 1987–1988 yillarda televidenieda namoyish etilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1