AsosiyJamiyat

Akusherlik xizmatlaridagi korrupsion holatlarni bartaraf qilish uchun loyihalar ishlab chiqildi (sarlavha)

'Akusherlik xizmatlaridagi korrupsion holatlarni bartaraf qilish uchun loyihalar ishlab chiqildi (sarlavha)'ning rasmi

2023 yilda Karrupsiya bo`yicha O`zbekiston  180 davlat orasidan 126 o`rinda egallagan. Yildan yilga o`sib borayotgan bu  raqamlarni kamaytirish uchun   Akusherlik xizmatida ham uchraydigan karrupsiya xavflari  o`rganildi.  7 ta hududdagi   21 ta tug`ruqxonalarda ijtmoiy so`rovnomalar  o`tkazildi. 400 yaqin yaqin kishi ushbu raqamlar soni kamaytirish uchun o`z hissini qo`shdi.

"Yuksalish" harakatining korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda "Mintaqaviy muloqot" xalqaro nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan " Aksilkorrupsiya labaratoriyasi" loyihasi va shu mavzu doirasida taqdimot o`tkazildi.

O`rganilishicha, sog`liqni saqlash sohasi (shu jumladan, akusherlik xizmatlari) to`rtta manba -- davlat byudjeti, majburiy tibbiy sug`urta, xususiy manbalardan olinadigan daromadlar hamda xalqaro tashkilotlar, hukumatlar,  hayriya jamg`armalarining moliyaviy ko`magi orqali moliyalashtiriladi.

Ekspertlarning ta`kidlashicha,  maosh kamligi korrupsiyaning dastlabki omilidir deb baholandi.  

Xalq tilida aytganda adolat qaror topishida ushbu kiritilgan  talab va takliflar, amalda qanchalik bajarilishini nazoratga olish yuzasidan ham fikrlar almashildi.

Biz karrupsiyasiz jamiyat quramiz. Har bir jamiyat har bir davlat karrupsiyaga qarshi kurashish yo`lini o`zi tanlaydi. Kiritilgan talab va tavsiyalar faqat qog`ozlarda qolib ketmaydi degan umid qilamiz.

    Boshqa yangiliklar