AsosiyJamiyat

Tracker va Onix uchun ruxsat etilgan yoqilg`i darajasi pasaytirildi

'Tracker va Onix uchun ruxsat etilgan yoqilg`i darajasi pasaytirildi'ning rasmi

Chevrolet  avtomobillarini ishlab chiqaruvchisi tomonidan olib borilgan texnik ishlar natijasida Chevrolet Tracker va Onix modellari uchun ruxsat etilgan yoqilg`i darajasi pasaytirildi.

Yuqorida keltirilgan avtomobillar texnik holatini to`g`ri saqlash uchun oktan soni ko`rsatkichi kamida AI-95 bo`lgan qo`rg`oshinsiz yoqilg`idan foydalanish tavsiya etiladi.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchi AI-91 va undan yuqori oktanli yoqilg`idan foydalanishni tavsiya etadi.

Bu o`zgarishlar Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari dvigatellarining ish faoliyatini optimallashtirishga hamda uning yanada samarali ishlashini ta`minlashga qaratilgan.

MUHIM: Avtomobilingizning optimal ishlashini ta`minlash uchun yoqilg`ini rasmiy yoqilg`i quyish shaxobchalaridan quying!

    Boshqa yangiliklar