AsosiyJamiyat

Misrdan yana gepatitga qarshi dorilar olib kelindi

'Misrdan yana gepatitga qarshi dorilar olib kelindi'ning rasmi

Joriy yilning 10 fevral kuni "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi «Sofosbuvir-400mg» dori vositasining joriy yildagi to`rtinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga etkazib berdi. Bu haqda SSV xabar qilmoqda.

Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona «Sofosbuvir-400mg» dori vositalari O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

O`zbekiston elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million AQSh dollari bo`lgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitini da`volash uchun «Daklatasvir» va «Sofosbuvir», V gepatitiga qarshi «Entekavir» dori vositalarining beg`araz ko`makyordami sifatida O`zbekistonga taqdim etilishi yuzasidan kelishuvga erishilgan.

 

    Boshqa yangiliklar