AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 20 kunda 19 mingdan ortiq odam hujjatsiz ekani aniqlandi

'O`zbekistonda 20 kunda 19 mingdan ortiq odam hujjatsiz ekani aniqlandi'ning rasmi

Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi”huquqiy aksiyasi  yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, o`tkazilayotgan sayyor qabullar hamda kelib tushayotgan murojaatlar tahlil qilinganda ayrim fuqarolarning tug`ilishi qayd etilmaganligi natijasida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega emasligi ko`plab muammolarga sabab bo`layotganligi aniqlandi.

Fuqarolarda o`zining shaxsiga doir hujjatlarining mavjud emasligi ularning jamiyatda to`laqonli munosabatga kirisha olmasligiga, o`zining qonun bilan belgilangan huquq va erkinliklaridan to`la darajada foydalanish imkoniyatining cheklanishiga sabab bo`lgan.

Huquqiy aksiyada:

– tug`ilishi qayd etilmagan va fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi mavjud bo`lmagan shaxslarga tug`ilganlik haqidagi guvohnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish;

– huquqiy muammosi mavjud yoki huquqiy yordamga muhtoj aholiga amaliy yordam ko`rsatish;

– ro`yxatdan o`tkazilmagan tadbirkorlik sub`ektlarini yoki davlat ro`yxatidan o`tkazilmagan ko`chmas mulklarini ro`yxatdan o`tkazishga ko`maklashish va boshqa xizmatlarni ko`rsatish nazarda tutilgan.

Huquqiy aksiya doirasida dastlabki 20 kun davomida 19 872 nafar shaxslar tegishli hujjatlarga ega emasligi holatlari aniqlandi.

Ulardan, 16144 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi, Xususan, 609 nafarining tug`ilishi qayd etilib guvohnoma berilgan bo`lsa, 2 665 nafariga tug`ilganlik haqida takroriy guvohnoma rasmiylashtirildi, 1 232 nafar qonuniy nikohdan o`tmasdan yashab kelayotgan fuqarolarning nikohi qonuniy ravishda qayd etib berildi.

Shuningdek, 249 124 nafar shaxslarga elektron raqamli imzo berish, “Mobile-ID” dan ro`yxatdan o`tkazish, kadastr pasportini shakllantirish va boshqa turdagi davlat xizmatlari sayyor shaklda ko`rsatildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar