AsosiyJamiyat

Toshkentdagi maktabda 3-sinf bola jonsiz holda topildi

'Toshkentdagi maktabda 3-sinf bola jonsiz holda topildi'ning rasmi

Toshkentdagi maktabda o`quvchi hushsiz holatda topildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, 2024 yilning 10 fevral kuni Yunusobod tumanida joylashgan 259-sonli maktab direktori o`rinbosari maktab hududining futbol o`ynash maydoni yonida voyaga etmagan 2014 yilda tug`ilgan o`quvchi bolani hushsiz holda topgan hamda uni darhol yo`lovchi avtomashinada shifoxonaga olib borgan.

Shifoxonada bolaga "klinik o`lim” tashhisi kuyilgan.

Xozirda marhum bolaning o`lim sababini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar