Energetika vazirligining xabar berishicha, bugun, soat 18:38 da Farg`ona viloyatidagi 110 kV “L-Chilmahram” elektr uzatish tarmog`ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Beshariq va Furqat tumanlari iste`molchilari qisman (5 mingta) elektr ta`minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Unga qadar o`chiq turgan iste`molchilarni boshqa manbalar orqali elektr energiyasi bilan ta`minlash choralari ko`rilyapti.
"Qisqa vaqt ichida ushbu hudud iste`molchilarining elektr ta`minoti qayta tiklanadi" deyiladi vazirlik xabarida.






