AsosiyJamiyat

Surxondaryoda “bosh mutaxassis” ushlandi

'Surxondaryoda “bosh mutaxassis” ushlandi'ning rasmi

Subsidiya asosida artizan suvini qazib chiqarishga ruxsat olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.H. fuqaro N.T.ga o`zini go`yoki Sariosiyo tumani fermerlar va tomorqa er egalari kengashi bosh mutaxassisi deb tanishtirib, tumanning “Terakzor” mahallasi va “Jarobod” qishlog`i aholisiga subsidiya asosida artizan suvini qazib chiqarishga ruxsat olib berishi evaziga undan 4 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar