AsosiyJamiyat

6 ta viloyatning qator tumanlarida qor ko`chish xavfi e`lon qilindi

'6 ta viloyatning qator tumanlarida qor ko`chish xavfi e`lon qilindi'ning rasmi

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma`lumotga ko`ra,  joriy yilning 1-7 mart kunlari kutilayotgan yog`ingarchilik hamda havo haroratining o`zgarishlari sababli respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chish hodisasi sodir bo`lishi kutilmoqda.

 jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo`rg`on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Nurobod, Qo`shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

Toshkent viloyati: Bo`stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi togdari);

Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko`chish xavfi e`lon qilindi.

“Tog`li va tog` oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishni so`raymiz”, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar