Ramazon oyida Xorazmdagi 2 ming nafar bola eshitish moslamasi bilan ta`minlanadi. Bu haqida Prezident tomonidan Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o`tkazilgan yig`ilishda ma`lum qilindi.
Davlatimiz rahbari ushbu muborak oyda ehtiyojmand insonlar, ayniqsa farzandlarimiz holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.
Shu bois, eshitishda nuqsoni bor 500 nafar bolaga bepul koxlear apparati va boshqa implantlar qo`yish uchun 62 milliard so`m ajratilishi belgilandi. Yana 2 ming nafar bola eshitish moslamasi bilan ta`minlanadi.
Paralimpiya sport turlari bilan shug`ullanayotgan xorazmlik 10 nafar yoshlarga 7 turdagi zamonaviy sport protez va reabilitasiya vositalari olib beriladi.






