Qoraqalpog`istonda Jinoyat ishlari bo`yicha To`rtko`l tuman sudi ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan ayblanayotgan K.O.ga engillik qilib berish evaziga advokat Z.Ya. tomonidan sudyaga 10 ming AQSh dollari miqdorida pora taklif qilinganligi holati bo`yicha ma`lumotlar rasmiylashtirildi.
Bu haqda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, jinoyat Kengash tomonidan tizimda korrupsiyaning oldini olish va sudyalar daxlsizligini ta`minlash yo`nalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida fosh qilingan.
Advokat Z. Ya. joriy yilning 29 fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o`tkazilgan tadbirda sudyaga pora berayotgan vaqtida qo`lga olingan.
Ayni paytda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






