Energetika vazirligining xabar berishicha, bugun, soat 14:43 da Toshkent shahridagi 110 kV "L-Navoiy-1,2" elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.
"Sag`bon" podstansiyasi kuchlanishsiz qolganligi sababli Toshkent shahrining Olmazor va Toshkent viloyatining Toshkent tumani iste`molchilari qisman elektr ta`minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.
04.03.2024 16:03
Olmazor va Toshkent tumanida "svet" o`chdi






