2024 yil yanvar-fevral oylarida jamoat transportlarida yo`l haqqini ATTO virtual kartalari orqali to`lash 6 barobarga oshgan.
Hozirgi kunda jami 126,3 ming virtual kartalar mobil ilova orqali yaratilgan bo`lib, ulardan foydalangan holda 773,4 mingta tranzaksiyalar amalga oshirildi.
2023 yilning yanvar-fevral oylarida 12,2 mingta yangi virtual kartalar ochilgan bo`lsa, 2024 yilning mos davri uchun ushbu ko`rsatgich 20,4 mingtani tashkil etdi. (+59%).
2023 yil yanvar-fevral oylarida virtual kartadan foydalanib 35,3 mingta to`lovlar amalga oshirilgan bo`lsa, 2024 yilning shu davriga kelib bu ko`rsatkich 211,9 mingtani qayd qildi. (+500%)
Shuningdek, virtual kartalari orqali almashish tariflaridan foydalanib, yanvar-fevral oyining o`zida 35,1 mln so`m tejab qolingan. (Avtobusda 29,2 mln so`m, metroda 5,9 mln so`m)






