AsosiyJamiyat

O`rtachirchiqdagi paxta tozalash korxonasi 1,1 mlrd so`mlik tabiiy gazni o`g`irladi

'O`rtachirchiqdagi  paxta tozalash korxonasi  1,1 mlrd so`mlik tabiiy gazni o`g`irladi'ning rasmi

O`rtachirchiq tumanida 1,1 mlrd so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan  korxona aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning O`rtachirchiq tuman bo`limi tomonidan “O`rtachirchiqtumangaz” ta`minoti bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “R.T.” MChJga qarashli paxta tozalash korxonasi bosh energetigi A.Q. va boshqalar paxta tozalash korxonasida gaz tarmog`iga o`zboshimchalik tijorat maqsadida  ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar