Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko`ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiev qonunchilikka muvofiq bayram bilan bog`liq dam olish huquqiga e`tibor qaratdi.
Ertaga 8 mart — Xotin-qizlar kuni, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Demak, bugun, 7 mart kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.
Tartibga ko`ra, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo`lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo`shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo`yicha haq to`lash orqali kompensasiya qilinadi.
Ma`lumot uchun, 9 mart — shanba kuni odatdagiday bo`ladi, ya`ni 5 kunliklar dam oladi, 6 kunliklar uchun ish kuni bo`ladi.