AsosiyJamiyat

6 mart kuni rejadagidan 7 foiz ko`p elektr energiyasi etkazib berildi

'6 mart kuni rejadagidan 7 foiz ko`p elektr energiyasi etkazib berildi'ning rasmi

6 mart kuni elektr stansiyalar orqali 239 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 1 foiz ko`p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 43,5 mln kubometr tabiiy gaz, 20 ming tonna ko`mir hamda 9 ming tonna mazut yoqildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Turkmaniston Respublikasidan 18,4 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi.

Respublika iste`molchilariga 227,2 mln kVt·soat, rejadagiga nisbatan 7 foiz ko`p elektr energiyasi etkazib berildi.

Qishning sovuq kunlarida magistral gaz quvurlarida gaz bosimining keskin tushib ketganligi hamda aholi iste`molchilarida elektr energiyasiga nisbatan talabning oshib borishi tufayli 6 mart kuni mamlakatimiz bo`ylab asosan kunning tig`iz vaqtlarida 800 MVtgacha cheklovlar kiritilishiga majbur bo`lindi.

Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, bugun ham kunning tig`iz paytlarida ma`lum miqdorda cheklovlar kiritilishi kutilmoqda.

Gaz bosimining past ekaniga qaramay, 6-mart kuni ham uning iste`moli yuqoriligicha qoldi. Kecha mazkur miqdor 147,4 mln kubometrni, rejadagiga nisbatan 10 foiz ko`pni tashkil qildi.

Aholi va ijtimoiy soha obektlarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan ta`minlash hamda quvurlardagi bosimni bir me`yorda tutib turish maqsadida avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari ish faoliyati mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida tizimli ravishda yo`lga qo`yilgan.

Kecha mamlakatimizdagi 894 ta ana shunday shoxobcha orqali aholiga va ijtimoiy sohalar ob`ektlariga tegishli avtomobillar, shuningdek, jamoat transportlarining barcha turlariga 8 million 986 ming kubometr tabiiy gaz sotildi. Shuningdek, avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali jami 940 ming tonna suyultirilgan gaz etkazildi.

    Boshqa yangiliklar