Farg`ona viloyati Dang`ara tumanida Cobalt yo`l chetida ketayotgan besh kishini urib yuborgani haqida xabar berilgan edi.
Ma`lum qilinishicha, 5 mart kuni kechki payt 1997 yilda tug`ilgan haydovchi Cobalt’da harakatlanib ketayotganida tajribasizligi sabab boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chetida ketayotgan besh kishini urib yuborgan. Oqibatda ikki nafar fuqaro og`ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Qolgan uch nafari shifoxonaga yotqizilgan edi.
Viloyat IIB hodisaning yangi tafsilotlari haqida xabar berdi.
Unga ko`ra, shifoxonaga yotqizilgan uch yo`lovchidan ikki nafari – D.I. va O`.Yo. ham tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JK ning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, yo`l transport hodisasi sodir etgan Sh.V.ga nisbatan "Qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






