Davron Mukarramov anchadan beri ishlab topgan pullarini yig`ib yurgan edi. Pulini AQSh dollariga aylantirib qo`ymoqchi bo`ldi. Bankda ishlaydigan tanishi Venera Gatinaga uchrashib, maslahat so`radi:
— Olti millionga yaqin pulim bor. Shuni dollarga aylantirmoqchi edim, qanday qilsam bo`ladi? Bankdan ololamanmi?
— Sizga maslahatim, bankdan oling. Istasangiz Toshkentdagi bosh ofisimizda tanishlarim bor, ular orqali olib beraman.
— Dollar xalqaro to`lov kartasiga tashlab berilmaydimi? — deya Davron ayolga savolomuz yuzlandi.
— Yo`q, sizga naqd 2 ming dollar olib beraman? — deya Venera qatiyat bilan gapir-di.
Uzoq suhbatdan so`ng Davron rozi bo`ldi. Bir necha kundan keyin 5 yarim mln. so`mni mashinasiga solib Veneraning yoniga keldi.
Pulni ko`rgan ayol "Ketdik, Toshkentga boramiz" dedi. Yo`lda Venera kimga qancha dollar olib bergani, qanday olib bergani haqida og`iz ko`pirtirib maqtanib keldi. Davron esa unga borgan sari ishona boshladi.
Ular poytaxtga kelishdi. Venera bosh ofisga kirib, yarim soatda qaytib chiqdi. "Pulni birovga berishimiz kerak ekan" — dedi. So`ng ular shahardagi ko`pqavatli uylardan birining yonida to`xtashdi.
Bundan xavotirga tushgan Davronga Venera xavotir olmaslikni, ular aldashmasligini, bu ishni birinchi marta qilmayotganini aytdi. Garchi ikkinlansa ham Davron pulni uzatdi.
— Uch kundan so`ng hal bo`larkan, — dedi qaytib chiqqach. — O`zimning ming dollarim ham bor. Uniyam olib ketaman.
Uch kun emas, uch oy o`tdi. Puldan darak bo`lmadi. Davron aldanganini anglab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza yozdi. Sud Venera Gatinani aybdor deb topib, uni ma`lum muddatga muayyan huquqdan mahrum qildi va eng kam ish kakining 50 baravari miqdorida jarima tayinladi. Shuningdek, undan Davron Mukarramov foydasiga etkazilgan zarar undiriladigan bo`ldi.
07.09.2022, 12:07
Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...10.01.2022, 21:58
Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...14.09.2021, 17:36
Markaziy bank 15 sentyabrdan xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Bu haqda Markaziy Bank Matbuot xizmati ma`lum qildi.Unga ko`ra, dollarning rasmiy kursi 34.93...30.08.2021, 16:13
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.Unga ko`ra, dollarning rasmiy kursi 1.29 so`mga oshdi va bir dollar 10 653.18 so`mni tashkil...