21 mart Navro`z bayrami munosabatimunosabati bilan yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 21, 22, 23, 24 va 25 mart kunlari 775/776-sonli "Samarqand — Toshkent — Samarqand" yo`nalishida "Afrosiyob" elektropoezdining qo`shimcha harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, poezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo`nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo`nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Shuningdek, 20, 21 mart kunilari Toshkent-Qarshi yo`nalishida ham qo`shimcha "Afrosiyob" elektropoezdining qo`shimcha harakati yo`lga qo`yildi:
762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo`nalishi: Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33;
761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo`nalishi: Qarshi 16:44 — Toshkent 20:20.
Chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin: eticket.railway.uz






