Toshkentda erkak kechasi yalang`och holda yurgani aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo`ldi. Toshkent IIBB holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 10 mart kuniga o`tar kechasi taxminan soat 02:00 larda 1977 yilda tug`ilgan A.A. Chilonzor tumani 16-mavzeda mast holatda bo`la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan buzib, yalang`och holatda yurgan.
Ushbu shaxsga nisbatan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik) va 194-moddalari (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudiga taqdim etilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.






