AsosiyJamiyat

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi "Hasanxon qori" jome masjidi qayta qurildi

'Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi "Hasanxon qori" jome masjidi qayta qurildi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi "Hasanxon qori" jome masjidi qayta barpo etildi.

Masjidning avvalgi binosi eskiligi, torligi, kirib-chiqishdagi noqulayliklar va moslashtirilgan binoda joylashgani tashrif buyuruvchilarga qiyinchiliklar tug`dirayotgandi.

Zamonaviy ko`rinishda qayta qad rostlagan muhtasham masjidda esa namozxonlar uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratildi.

Maskanning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, diniy ulamolar, imom-domlalar, namozxonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar