Bugun, 11 mart kuni soat 09:25da Navoiy shahri "Umid" mahallasi, G`alaba shoh ko`chasidagi xonadonlardan birining 40 kv.m maydonida ichki qismi hamda uy jihozlari yongan. Bu haqda Navoiy viloyati FVB axborot xizmati xabar bermoqda.
Yong`indan yashash uyining 20 kv.m maydoni saqlab qolingan. Voqea joyiga yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 09:31 da etib borib, 09:34 da o`rab olingan. 09:41 da yong`in o`chirilgan. Yong`in o`chirish qismidan yong`in sodir bo`lgan manzilgacha masofa 4 kilometrni tashkil etadi. Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.






