AsosiyJamiyat

Xorazmda kuchli yomg`ir sabab 5 ta tuman aholisi "svetsiz" qoldi

'Xorazmda kuchli yomg`ir sabab 5 ta tuman aholisi "svetsiz" qoldi'ning rasmi

Soat 12:15 da Xorazm viloyatida yuz berayotgan kuchli yomg`ir oqibatida 6-10 kVli 41 ta elektr uzatish tarmog`i 78 MVt quvvat bilan avariyaviy o`chgan. Bu haqda Energetika vazirligi ma`lum qildi.

Buning natijasida Hazorasp, Bog`ot, Xonqa, Qo`shko`pir va Yangiariq tumanlari iste`molchilari qisman (12 ming 500 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta`minotidan uzilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli yomg`ir va shamol) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar