Norin tumanida yashovchi ayol Ombudsmanga murojaat qilib, nogironligi bo`lgan ukasiga nogironlikni qayta belgilash bo`yicha yozgan arizasi xolis ko`rib chiqilmayotgani bo`yicha shikoyat qilgan.
Natijada murojaatchining 3-guruh nogironligi belgilangan ukasi malakali shifokorlar tomonidan qayta tibbiy-mehnat ekspertizasidan o`tkazilib, unga 2-guruh nogironligi belgilangan.
Ma`lumot uchun qayd etilishicha, 2023 yilda Ombudsmanga nogironligi bo`lgan shaxslarning huquq va erkinliklari bo`yicha 133 ta murojaat kelib tushgan. Ularda nogironlik guruhini belgilash, uni qayta ko`rib chiqish, moddiy yordam ko`rsatish hamda ijtimoiy imtiyozlar tatbiq etish masalalari ko`tarilgan.






