Bugun soat 8:40 da Jizzax viloyatida shamol va qor ta`sirida 6-10 kVli 5 ta elektr uzatish tarmog`ida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Buning natijasida Sharof Rashidov va Forish tumanlari iste`molchilari qisman (1 ming 600 ta) elektr ta`minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda noqulay ob-havo (kuchli shamol va qor) sharoitiga qaramay, maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz”, - deyiladi xabarda.






