1

Kompaniya smartfonlar bozorini monopollashtirishda ayblangan

Dunyo 22.03.2024, 17:09
Kompaniya smartfonlar bozorini monopollashtirishda ayblangan

AQSh Adliya vazirligi va 16 shtat bosh prokurorlari Apple Inc kompaniyasini monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlikda ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Arizada vazirlik kompaniya raqobatchilar va iste`molchilar imkoniyatlarini noqonuniy cheklash uchun Iphone’ni nazorat qilishdan foydalanganini da`vo qilgan, shuningdek, Apple'ni yangi ilovalarning o`sishiga to`sqinlik qilayotganlikda va raqobatdosh mahsulotlarning jozibadorligini pasaytirganlikda ayblagan.

Da`voda kompaniyaning iste`molchilarga raqobatdosh smartfon platformalari o`rtasida almashishni osonlashtiradigan ilovalarni bloklashi, uchinchi tomon raqamli hamyonlarini cheklashi va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan aqlli soatlarning “funsionalligini kamaytirish” haqida aytilgan. Adliya vazirligiga ko`ra, mijozlar Iphonedan foydalanishni davom ettirishga majbur bo`lishi uchun boshqa qurilmalarda o`zining xabar almashish ilovasi sifatini yomonlashtirgan.

«Apple smartfonlar bozoridagi monopol mavqeini nafaqat raqobatchilardan o`zib ketgani, balki monopoliyaga qarshi federal qonunlarni buzgani uchun ham saqlab turibdi. Biz Apple iste`molchilarga ham, ishlab chiquvchilarga ham zarar etkazadigan raqobatga qarshi xatti-harakatlar strategiyasini qo`llayotganini da`vo qilamiz», dedi AQSh bosh prokurori Merrik Garland.

Apple kompaniyasi da`voni rad qilmoqda va bu odamlar kutgan texnologiyalarni yaratish qobiliyatiga putur etkazishini ta`kidlamoqda.

«Bu hukumatga odamlar uchun texnologiya rivojini qattiq nazorat qilish imkoniyatini berib, xavfli presedent yaratadi», deyiladi Apple bayonotida.
AQSh Adliya vazirligi so`nggi 14 yil ichida Apple kompaniyasiga qarshi monopoliyaga qarshi qonun buzarliklar yuzasidan ikki marta sudga murojaat qildi, biroq u kompaniyani bozordagi hukmron mavqeini noqonuniy ravishda manipulyasiya qilishd abirinchi marta ayblamoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1