Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi 2024 yil 3 apreldan boshlab Moskva va Toshkentni muntazam yo`lovchi qatnovlari bilan bog`lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qildi.
Moskva — Toshkent — Moskva yo`nalishi bo`yicha parvozlar har kuni "Boeng" 737-800 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda aviatashuvchi Moskva — Samarqand — Moskva, shuningdek, Sankt-Peterburg — Samarqand — Sankt-Peterburg yo`nalishi bo`yicha har kuni parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
“Pobeda" — Rossiyaning "Aeroflot — Rossiya havo yo`llari" guruhiga qarashli loukoster aviakompaniya, shtab-kvartirasi Vnukovo aeroportida(Moskva) joylashgan.