Joriy yilning 3-8 aprel kunlari kutilayotgan yog`ingarchilik hamda havo haroratining o`zgarishlari sababli respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chish xavfi e`ion qilinadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma`lum qildi.
Jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo`rg`on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo`shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Bo`stonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi tog`lari);
- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko`chish xavfi e`ion qilinadi.






