AOKAda o`tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Bosh prokurorning mamlakatimiz aholisiga yo`llagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, ko`rilgan choralar haqida ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, o`tgan uch oyda ko`rilgan choralar natijasida respublikadagi mahallalarning 7 762 tasida (82,2%) jinoyat qayd etilmadi, 1 364 tasi (14,4%) jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi.
Tezkor - qidiruv sohasida ham nazorat kuchaytirilib, noaniq sharoitlarda sodir etilgan 4 ming 562 ta jinoyat fosh etilishi hamda qidiruvda bo`lgan 1 ming 265 nafar shaxsning ushlanishi ta`minlandi.
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etilishini ta`minlash choralari doirasida:
– surishtiruv va tergov organlarining 10 ming 602 nafar shaxsga nisbatan 8 ming 505 ta jinoyat ishi o`rganilib, sudlarga yuborildi;
Bevosita prokuratura organlari tomonidan 2 ming 323 ta jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov o`tkazilib, 1 ming 960 nafar shaxsga nisbatan 1 ming 288 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida etkazilgan 602,5 mlrd. so`mlik zarar undirildi.






