Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi sessiyasi bo`lib o`tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda, deya xabar qildi Prezident matbuot kotibi.
Ma`lum qilinishicha, Davlat rahbari so`zining avvalida murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimiz, Yaqin Sharqdagi va asosiy hamkorlarimiz o`rtasidagi mojarolar echim topmayotganini, shu jumladan Moskva viloyatidagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olayotganini qayd etdi.
Bunday murakkab sharoitda iqtisodiyotimizga, aholi daromadlariga salbiy ta`sirni kamaytirish eng muhim vazifalardan biri ekani ta`kidlandi. Buning uchun mahallaning iqtisodiy zaminini mustahkamlash, odamlar daromadini ko`paytirish uchun mavjud imkoniyatlarni to`liq ishga solish zarurligi qayd etildi.






